Raqamli taʼlim orqali yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi

Maktab oʻquvchilari uchun “Al-Xorazmiy vorislari” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihalarini kengaytirish, oliy taʼlim muassasalari hamda xususiy oʻquv markazlari imkoniyatlarini birlashtirish nazarda tutilmoqda.

Tizimli hamkorlik orqali mazkur koʻrsatkichni shu yil yakunigacha 60 million dollarga, 2030-yilga borib esa yiliga 100 million dollarga yetkazish topshirildi.

Joriy yilda jalb etiladigan grant mablagʻlarining yarmini raqamli taʼlimga, qolgan yarmini malaka oshirish dasturlari hamda chekka hududlarda raqamli taʼlim markazlarini tashkil etish, ularni sunʼiy intellekt, robototexnika va dasturlashni oʻqitish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga yoʻnaltirilishi belgilandi.

Prezidentimiz raqamli taʼlimda qamrov bilan birga oʻqitish sifati va uning bandlikka taʼsiri ham asosiy mezon boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Masʼullarga belgilangan maqsadlarga aniq dasturlar orqali erishish, hududlardagi imkoniyatlarni kengaytirish, xususiy sektor va xalqaro hamkorlar bilan ishlashni kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish ishlarining borishi yuzasidan axborot berildi.

← Все статьи